2023-yilning sentabr oyida Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida sodir bo‘lgan portlashda aybdor deb topilgan 4 kishi 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogarlarga 282 milliard so‘m mablag‘ solidar tartibda undirilishi belgilandi.
Sentabr oxirida Toshkent shahri Sergeli tumanidagi omborxonada yuz bergan portlash oqibatida 1370 ta xonadon (ilgari 600 ga yaqin ekani aytilgandi) va 246 ta uy (25) zarar ko‘rgan. Hukumat komissiyasi yetkazilgan zarar 14,5 mlrd so‘mni tashkil etganini bildirdi. Maktab va bolalar bog‘chasi ham zarar ko‘rgan.
Sergelidagi portlash yuz bergan omborxonada katta miqdorda kimyoviy moddalar saqlangani aniqlandi, deya ma’lum qildi hukumat komissiyasi. Portlash oqibatida jami 14,5 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida 4 kishiga “qamoqqa olish”, yana bir nafariga “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Sergeli tumani “Quruvchilar” mavzesidagi portlashda xonadonlarga shikast yetgan ko‘plab fuqarolarga zarar haligacha to‘liq qoplab berilgani yo‘q. “Gazeta.uz” aholi, jumladan, portlashda halok bo‘lgan bolaning yaqinlari bilan suhbatlashdi. Tuman hokimligi keltirilgan noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘radi.
Sergeli tumanida sodir bo‘lgan portlash oqibatida zarar ko‘rgan aholidan pul undirmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi. Poytaxt hokimligi ta’mirlash ishlari bepul amalga oshirilayotganini eslatib o‘tdi.
Sergelidagi aholi turar joy binolari va xonadonlarini ta’mirlash uchun davlat hisobidan ishlatilgan pullar tiyin-tiyinigacha aybdorlardan undirib olinadi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi shu mavzuda bo‘lgan bahs-munozaralardan so‘ng ma’lum qildi.
Bosh vazir Sergelida sodir bo‘lgan portlashning ertasi kuni ham hududga borib, aholi bilan muloqot qildi. U prezidentning holat bo‘yicha bosh vazir va hokimga tinimsiz qo‘ng‘iroqlar qilgani, ularning davlat rahbari e’tiboridan chetda qolmasligini aytdi.
“Gazeta.uz” Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborxonada yuz bergan portlashdan jabrlanganlar bilan suhbatlashdi. Guvohlar portlash zarbasi ularni qanday orqaga uloqtirib yuborganini so‘zlab berishdi va uyidagi vayronalarni ko‘rsatishdi. Portlash sababi esa hanuz noma’lumligicha qolmoqda.
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan portlashda shikastlangan avtomobillar utilizatsiyaga yuboriladi, deb xabar berdi BYD. Avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha barcha majburiyatlar shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda bajariladi, deya ta’kidladi kompaniya.
Sergeli tumanidagi portlash oqibatida 592 ta xonadon, 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta bog‘cha binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetdi, deya ma’lum qildi Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov.
O‘t o‘chiruvchilar Toshkent shahri Sergeli tumanidagi kuchli portlash sodir bo‘lgan omborxonadagi yong‘inni 8 soat davomida o‘chirdi. FVV va boshqa tegishli tashkilotlardan jami 210 ta texnika va 2000 dan ortiq shaxsiy tarkib jalb qilindi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov boshchiligidagi hukumat komissiyasiga uch kun muddatda Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborxonada sodir bo‘lgan portlash sabablarini o‘rganish, talafotlarni bartaraf etish hamda fuqarolarga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatish vazifasi topshirildi.
Payshanba tongi barchani larzaga solgan Sergelidagi portlash haqidagi xabarlar bilan boshlandi. Omborxonadagi chaqnash oqibatida ko‘plab uylar va tijorat binolariga zarar yetdi, 160 dan ortiq fuqaro jarohatlandi, 16 yoshli bola vafot etdi. “Gazeta.uz” muxbiri Madina A’zam ushbu hududdan fotoreportaj tayyorladi.
Tunda portlash kuzatilgan Toshkentdagi omborxonaning ochiq hududida o‘nlab yangi import avtomobillar, jumladan, elektromobillar bo‘lgan. Ulardan ba’zilari shikastlangan. Bojxona qo‘mitasi xodimi ombor xo‘jalik subyektiga tegishli bo‘lib, bojxona organlarining inshootlari sirasiga kirmasligini qayd etdi. Foto.
Sergelidagi portlash yuz bergan vaqtida odamlar uyquda edi. Ko‘pchilik dovdirab qolgan, kimdir zilzila bo‘layapti deb o‘ylagan, boshqasi bolasini bag‘riga bosib, ko‘chaga otilgan. Hodisada jabrlangan sergeliliklar birinchi taassurot va endi nima qilmoqchi ekanliklari haqida “Gazeta.uz”ga gapirib berdi.
“Gazeta.uz” muxbirlari Toshkent shahri Sergeli tumanidagi portlash sodir bo‘lgan joydagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. U yerda yong‘inni o‘chirish davom etyapti. Portlash oqibatida ochiq maydonda saqlanayotgan avtomobillarga ham zarar yetgan.
Sergeli tumanidagi portlash bo‘yicha IIV Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Hozirda kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Sergeli tumanidagi omborxonadagi portlash oqibatida talafot ko‘rgan har bitta xonadon inventarizatsiyadan o‘tkazilmoqda, dedi tuman hokimi Elbek Shukurov. U yetkazilgan zarar to‘liq davlat tomonidan qoplanishini ta’kidladi. Hududda aholi uchun ovqatlanish va tibbiy xizmat ko‘rsatish punktlari tashkil etilgan.
Sergeli tumani “Quruvchilar” dahasidagi portlash oqibatida 163 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi SSV. Ularning 24 nafari shifoxonaga yotqizilgan, ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda. Vazirlik 16 yoshli bolaning o‘limini tasdiqladi.
“Gazeta.uz” Toshkentning Sergeli tumanidagi omborxonada yuz bergan kuchli portlash oqibatida 11-sinfda o‘quvchi bola halok bo‘lganini aniqladi. Uning boshiga rom tushib ketgani aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting